Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida “Kitobxonlik haftaligi” doirasida tinglovchilar o‘rtasida erkin mavzuda insholar tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovni o‘tkazishdan asosiy maqsad – boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik kursi tinglovchilarining bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, huquqiy savodxonligi va madaniyatini oshirish, yoshlarimizni davlat va jamiyat hayotining barcha sohalaridagi islohotlar bilan hamohang huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish hamda huquqbuzarliklar sodir etilgani uchun jazo muqarrar ekanligini chuqur anglatishdan iborat.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot markazi