Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti majlislar zalida institut Ilmiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uni institut boshlig‘i, Ilmiy kengashi raisi t.f.n., dotsent, polkovnik Olimjon Axmedov olib bordi. Yig‘ilishda Ilmiy kengash a’zolari, professor-o‘qituvchilar hamda ilmiy xodimlar ishtirok etdi.
Yig‘ilish kun tartibiga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha professor-o‘qituvchilar tomonidan taqdim etilgan o‘quv-uslubiy majmualar, o‘quv qo‘llanmalar hamda talabgorlarni ixtisosligi bo‘yicha dotsent unvoniga tavsiya etish, Institut faoliyatiga doir buklet va kitob yaratish masalalari muhokama etildi.
Muhokamaga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar to‘g‘risida qarorlar qabul qilindi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati