Amaliy o‘q otish mashg‘uloti o‘tkazildi

25.04.2024 101 marta ko'rilgan

     Ichki ishlar vazirligi O‘quv-dala markazida Malaka oshirish instituti Jangovar tayyorgarlik sikli o‘qituvchilari tomonidan boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik o‘quv kursi tinglovchilari bilan “Makarov pistoletidan amaliy o‘q otish” mavzusida amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.

    Amaliy mashg‘ulot davomida tinglovchilarga nishonni to‘g‘ri mo‘ljalga olish, tepki halqasini mayinlikda bosish va qisqa muddatlarda nishonni ishg‘ol qilish masalalariga e’tibor qaratildi.

 

IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati