Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida uzluksiz o‘quv-karera jarayoni tizimi bo‘yicha “mayor” maxsus unvonini olish uchun kelgan ofitserlar shaxsiy tarkibi hamda ofitserlik lavozimiga tayinlash uchun qayta tayyorlash kursi tinglovchilar bilan Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi ta’lim muassasalari bo‘yicha bo‘limi xodimlari tomonidan davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda Institut tinglovchi xodimlari o‘rtasida qonun buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik, korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish, xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlarning ahvoli hamda kelgusidagi vazifalar to‘g‘risida alohida to‘xtanildi. “So‘nggi manzil” filmi namoyish etildi.
Tinglovchilarning qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati