Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti va “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ bilan 2021 yilning 5 oktabr kuni tasdiqlangan qo‘shma “Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati xodimlarini tayyorlov kursi bo‘yicha” o‘quv dasturi asosida Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati xodimlari uchun tizimli ravishda tayyorlov kurslari yakuniga yetdi. Institutda Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati xodimlari 90 soatlik nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni o‘zlashtirdilar.
O‘quv kursi yakunida tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikatlar topshirildi.
Darhaqiqat, idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati xodimlarini tayyorlov kurslarida ularning jismoniy va jangovar tayyorgarliklarini mustahkamlash bilan bir qatorda, bu sohada o‘z bilim va ko‘nikmalarini zamonaviy talablar asosida rivojlantirib borilishi, iqtisodiyotimizda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan energetika tizimi korxonalarining xavfsizligini ta’minlanishida alohida ahamiyatga egadir.
IIV Malaka oshirish Instituti Matbuot xizmati