17-18aprel kuni Urganch davlat universitetida Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti tashabbusi bilan Markaziy Osiyoning qadimgi davr tarixi, tarixshunosligi, manbashunosligining dolzarb muammolariga qaratilgan konferensiya o'z ishini boshladi.
Markaziy Osiyo tarixi va madaniyatiga bag’ishlangan ushbu konferensiyada UrDU rektori Baxrom Abdullayev so’zga chiqib, yig’ilishni ochib berdi. Unda Yugor davlat universiteti professori Naumenko Olga, O‘zDJTU professori Narzulla Jo’rayev hamda Fransiya, Rossiya, Belarusiya va Turkiyaning hamkor universitetlaridan hamda Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutidan professor-o’qituvchilar ishtirok etdi.
Mazkur nufuzli konferesiyada Markaziy Osiyo tarixi va madaniyatida Chingiz Aytmatov omili, Mo‘g‘ullar istilosida Xorazm mudofaasi hamda O‘rta Osiyoda Bronza davri migratsiyalari va etnomadaniy jarayonlar singari mavzularda ma’ruzalar tinglandi.