O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti fanlar kafedrasi
Maxsus-kasbiy fanlar kafedrasi yurtimizda olib borilayotgan islohotlar va zamonaviy talablarga javob beradigan, ichki ishlar organlarining sohalar kesimida xodimlarni boshlang‘ich va maxsus kasbiy tayyorgarligini, ularni qayta tayyorlash hamda malakasini oshirishni, IIVning hududiy tizimlarida xizmat olib borayotgan barcha darajadagi bo‘lim boshliqlari, tuman (shahar, tarmoq) IIO boshliqlarining o‘rinbosarlari lavozimlariga tayinlash uchun rahbarlik lavozimlariga nomzod sifatida tanlab olingan xodimlarni o‘qitishda hamda “Katta serjant”, “Kapitan”, “Mayor”, “Podpolkovnik” kabi maxsus unvonlarini olishlaridan oldin maxsus o‘quv kursida o‘qitishda alohida o‘ringa ega.
Bugungi kunda kafedraga siyosiy fanlari doktori, (DSc), professor F.F.Xatamov rahbarlik qilmoqda. Shuningdek, kafedrada boy pedagogik va amaliy tajribaga ega quyidagi professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda, kafedra boshlig‘ining o‘rinbosari dotsent I.B. Ahmedov, kafedra professori yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD) professor A.A.Amanov, kafedra dotsentlari: iqtisod fanlari nomzodi Z.R. Umarov; yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD) S.D.Allambergenov; yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD) M.M.Ummatov, siyosiy fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD) J.O.Kenjayev, siyosiy fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD) Q.A. Yuldashev, F.Sh.Xidirov, A.M.Abjalov, T.X.G‘ozibekovlar; kafedra katta o‘qituvchilari: N.O. Odilov, B.M. Ganiyev, A.U.Kuldashev, Z.M. Aliyeva, G.S.Ro‘ziyeva, I.A.Nazarov, J.X.Allayorov, E. Xushvaqtov, Sh.Ubaydullayev, O‘.A.Saidov va kabinet boshlig‘i M.A. Umarovalar.
Shu bilan birga kafedrada erkin yollangan va soatbay mashg‘ulotlarni o‘tish uchun jalb etilgan quyidagi xodimlar: tarix fanlari doktori, professor K.N. Normatov, falsafa fanlar doktori, professor M.S. Xajiyeva, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Dj.A. Pulatov, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent B. Turayeva, falsafa fanlari doktori (DSc) S.M.Raxmonov, yuridik fanlari nomzodi, dotsent D.S.Muxamadaliyev, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) F.G. Zakirova, IIV nafaqadagi podpolkovniklar: B.J. Pulatov, G‘. Eshankulov va I. Ketmonovlar faoliyat olib bormoqda.
Kafedraning mamlakatimiz va xorijning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘ygani ta’lim jarayoniga ilg‘or g‘oya va ishlanmalarni tatbiq etish, kadrlar tayyorlash bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish, hamkorlikdagi ta’lim dasturlarini joriy etishga xizmat qilmoqda.