<

Объявления

Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish: real holat va istiqbolli rejalar

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida
2025-yilning 29-may kuni soat 09:00 da “Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish: real holat va istiqbolli rejalar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.

Konferensiya materiallarini alohida to‘plam elektron shaklida chop etish rejalashtirilgan. Mazkur to‘plamda o‘z maqolalarini chop ettirish istagida bo‘lgan professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, amaliyot xodimlari va mustaqil izlanuvchilar
2025-yilning 20-mayga qadar quyidagi yo‘nalishlardagi maqola va tezislarini yuborishlari mumkin:

1. Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning maqsadi, vazifalari va huquqiy asoslari;

2. Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash masalalari;

3. Ichki ishlar organlari xodimlarini qayta tayyorlash masalalari;

4. Ichki ishlar organlari xodimlarining malakasini oshirish masalalari;

5. Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishda jismoniy va jangovar tayyorgarlikning o‘rni va ularni takomillashtirish yo‘llari;

6. Turdosh oliy ta’lim muassasalarida xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishda erishilgan yutuqlar hamda ijobiy tajribalar;

7. Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishda xorijiy tajriba;

8. Ichki ishlar organlari uchun malakali xodimlarni tayyorlash faoliyatini takomillashtirish yo‘llari.

Maqola va tezislarga qo‘yidagi talablarga javob berishi kerak:

1. Matn hajmi - kamida 6 betdan 8 betgacha, A4 hajmda, matn shakli Mikrosoft Word, yozuv shrifti – Times New Roman, harflar hajmi 14 kegl, satrlar oralig‘i 1,5 intervalda. Yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 2,5 sm, o‘ngdan 1,5 sm;

2. Yuqoridan bosh harflar bilan maqola mavzusi yoziladi, bir intervaldan so‘ng muallifning familiyasi, ism-sharifi, ish joyi nomi va lavozimi, ilmiy unvoni va darajasi shuningdek bog‘lanish uchun telefon raqami yoziladi, bir intervaldan so‘ng annotatsiya va kalit so‘zlar va undan keyin matn keltiriladi;

3. Konferensiyaning ishchi tillari: o‘zbek (kirill va lotin alifbosi), rus, ingliz tillari;

4. Maqola va tezisni tayyorlashda uch (o‘zbek, rus va ingliz) tilda annotatsiya va kalit so‘zlar yozilishi shart;

5. Maqola va tezisni tayyorlashda foydalanilgan adabiyotlar har bir sahifa ostida havola (snoska) tarzida beriladi;

6. Maqola va tezislarning mazmuni konferensiyada muhokama qilinadigan masalalarni aks ettirishi kerak. Maqola va tezislar oxirida amaliy tavsiyalar berilishi kerak;

7. Maqola va tezislarning mazmun-mohiyati, ma’lumotlarning aniqligi uchun mualliflar shaxsan javobgar hisoblanadi. Talablarga javob bermaydigan maqola va tezislar to‘plamga kiritilmaydi;

8. mualliflar o‘zlarining 3x4 sm hajmdagi fotosuratlarini topshirishlari zarur.

Maqola va tezislarning matnlari ilmiy, texnik va stilistik tahrir qilingan bo‘lishi maqsadga muvofiq. Ushbu talablarga javob beradigan tezislar konferensiya materiallari to‘plamiga kiritiladi va nashr etiladi. Chop etilmagan ishlar muallifga qaytarilmaydi hamda qayta ko‘rib chiqilmaydi.

Tashkiliy qo‘mita: IIV Malaka oshirish instituti Maxsus fanlar sikli.

Murojaat uchun telefonlar: +99899 851-80-69, +99894-608-46-35.

Elektron pochta manzili: moi@iiv.uz.

E-xat: konselariya@exat.uz.