Institutda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti

02.05.2026 9 просмотров

O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish institutida Bektemir tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi mutaxassislari ishtirokida yong‘in xavfsizligi yo‘nalishida amaliy o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi. Unda xodimlarning favqulodda vaziyatlarda tezkor va samarali harakat qilish ko‘nikmalarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad Institut shaxsiy tarkibi, tinglovchilar va oshxona oshpazlari o‘rtasida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish madaniyatini oshirish, favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakatlar qilish bo‘yicha ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida FVB mutaxassislari tomonidan shartli ravishda sodir etilgan yong‘in holati sahnalashtirilib, uni bartaraf etish jarayoni amaliy tarzda ko‘rsatildi. Ushbu jarayonda institut xodimlari ҳам bevosita ishtirok etdilar.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan to‘liq javoblar olib, yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishdi.