Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida vazirlik Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi ta’lim muassasalari bo‘yicha bo‘limi xodimlari va Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati mas’ul xodimi tomonidan ichki ishlar organlarida xizmat intizomini ta’minlash, shaxsiy tarkib orasida huquqbuzarliklarning oldini olish hamda xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash maqsadida voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha (katta) inspektor-psixologlar bilan “Xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash — asosiy vazifamiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda davomida xizmat intizomi, ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniylikka amal qilishi, xizmatda va kundalik hayotda yuksak odob-axloq qoidalariga rioya etish masalalari keng muhokama qilindi.
Xizmat intizomi nafaqat ichki tartib-qoidalarga rioya qilish, balki fuqarolar bilan muloqotda ham insof, mas’uliyat va adolatni ta’minlashda muhim mezon ekanligi, shuningdek, suhbatda xizmatda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklar, ularning oldini olish choralari hamda tartibbuzarlikka yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan qo‘llaniladigan javobgarlik choralari haqida ham ma’lumotlar berildi.
Shundan so‘ng “Nafsning so‘nggi manzili” filmi namoyish etildi.
Tinglovchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar atroflicha javoblar berdilar.
Bu kabi tadbirlar xizmat intizomini mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ichki ishlar organlari xodimlarining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Institut Matbuot xizmati