Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida vazirlik Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi ta’lim muassasalari bo‘yicha bo‘limi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlarida xizmat intizomini ta’minlash, shaxsiy tarkib orasida huquqbuzarliklarning oldini olish hamda xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash maqsadida voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha (katta) inspektor-psixologlar ishtirokida profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida xizmat intizomini buzish holatlarining oldini olish, xodimlarning huquqiy ongi va mas’uliyatini oshirish, xizmatda va xizmatdan tashqari vaqtda o‘zini tutish qoidalariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Shundan so‘ng “Nafsning so‘nggi manzili” filmi namoyish etildi.
Tinglovchilar tomonidan qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.
Bu kabi profilaktik tadbirlar ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, xizmat intizomiga rioya qilish madaniyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Institut Matbuot xizmati