O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida fidoyilik va masʼuliyat bilan xizmat qilayotgan bir guruh professor-o‘qituvchilar hamda xodimlarning farzandlariga fuqarolik va harbiy taʼlim muassasalariga imtiyozli tartibda o‘qishga qabul qilinishi uchun tavsiyanomalar tantanali tarzda topshirildi.
Tadbirda Institut professor-o‘qituvchilari, xodimlari, ota-onalar, xodimlarning farzandlari ishtirok etdi.
Mazkur tadbir xodimlarni rag‘batlantirish, ularning oila aʼzolarini qo‘llab-quvvatlash hamda sohaga munosib yosh avlodni jalb etish maqsadida tashkil etildi.
Tavsiyanomalar hamda maxsus unvonlarni topshirish marosimi samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Unda so‘zga chiqqanlar ichki ishlar organlari sohasidagi mehnatlar munosib eʼtirof etilayotganini, bunday tashabbuslar esa xizmatchilar va ularning oilalari uchun katta rag‘bat ekanini taʼkidlab o‘tdilar.
Institut Matbuot xizmati