Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Olmaliq shahar o‘quv bazasida Kasbiy tayyorgarlik fakultetida tahsil olayotgan tinglovchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini yanada yaxshilash maqsadida sport musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqada 40 metr masofada harbiy-sport estafetasi, Kalashnikov aftamatini to‘liqsiz qismlarga ajratish va yig‘ishni amalga oshirish, bir qo‘lda 1 daqiqa davomida 24 kg toshni ko‘tarish va arqon tortish bo‘yicha jamoalar o‘zaro bellashdilar.
Musobaqa yakunida umumiy natijalarga ko‘ra “Maxsus operasiyalarni amalga oshirish faoliyati” yo‘nalishida tahsil olayotgan tinglovchilarning jamoasi 1-o‘rinni, “Patrul-post xizmati faoliyati” yo‘nalishida tahsil olayotgan tinglovchilarning jamoasi 2-o‘rinni hamda “Yo‘l-patrul xizmati faoliyati” yo‘nalishida tahsil olayotgan tinglovchilarning jamoasi 3-o‘rinni egalladilar.
Musobaqa yakunida g‘olib jamoalar taqdirlandilar.
Institut Matbuot xizmati