Bugun Koreya Respublikasi Markaziy Politsiya Akademiyasida Koreya xalqaro hamkorlik tashkiloti (KOICA)ning “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Simulyatsiyalashgan o‘quv markazini tashkil etish bo‘yicha salohiyatni oshirish” loyihasi doirasida IIV va Malaka oshirish instituti xodimlari uchun tashkil etilgan o‘quv kursining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda ikki mamlakat huquq-tartibot idoralari xodimlari ishtirok etdilar. Tadbir davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da mustahkamlash, tajriba almashish, IIV xodimlarining kasbiy mahoratlarini oshirish, zamonaviy politsiya amaliyotlarini o‘rganish va xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga qaratildi.
Shuningdek, Koreya va O‘zbekistonning xavfsizlik sohasidagi hamkorligi, Koreya politsiyasi bo‘yicha taqdimot, Koreya Markaziy Politsiya Akademiyasi o‘quv amaliyotlari Situatsion-simulyatsiya markazi doirasida amalga oshirilayotganligi, u yerda xodimlar markaziy boshqaruv xizmati (“112” tizimi) faoliyati hamda jinoyat va hodisalar haqidagi xabarlarni markazlashgan tarzda qabul qilish va voqea joyiga politsiya xodimlarining kuch va vositalarini chiqarish amaliyoti bo‘yicha batafsil maʼlumotlar berilmoqda.
Institut Matbuot xizmati