Koreya xalqaro hamkorlik tashkiloti (KOICA)ning “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Simulyatsiyalashgan o‘quv markazini tashkil etish bo‘yicha salohiyatni oshirish” loyihasi doirasida IIV va Malaka oshirish instituti xodimlarining joriy yilning 9 iyunidan Koreya Respublikasiga tashrifi boshlandi.
Tashrif dasturiga asosan delegatsiya a’zolari Koreya Respublikasi Markaziy Politsiya Akademiyasining faoliyati, o‘quv jarayonlari, kadrlash tayyorlash va malakasini oshirish borasidagi ilg‘or tajribalari bilan yakindan tanishadilar.
Institut Matbuot xizmati