Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida “Sud ekspertizasi va jinoyatlarni tergov qilishda sun’iy intellektni qo‘llash” mavzusida o‘tkazilayotgan xalqaro o‘quv kursi o‘z yakuniga еtdi.
Koreya Respublikasi Milliy sud ekspertizasi xizmatining еtakchi olimlari tomonidan olib borilgan mashg‘ulotlarda ichki ishlar organlarining
Ekspert-kriminalistika xizmati xodimlari, Malaka oshirish instituti va Akademiya professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.
Uch kun davom etgan tadbirda mutaxassislar tomonidan sud ekspertlik faoliyatining zamonaviy imkoniyatlari va kriminalistik ko‘zdan kechirishning еchimlari, sun’iy intellekt va tasvir bo‘yicha ekspertizaning usullari ilg‘or tajribalar asosida tushuntirildi.
Xalqaro o‘quv kursining yopilish marosimida IIV Malaka oshirish instituti boshlig‘i, polkovnik O.T. Axmedov va Koreya Respublikasi KOFO konsalting va ta’lim tashkiloti direktori, IIV Malaka oshirish instituti faxriy professori Joong-Seok Seo ishtirokchilarni muborakbod etib, sertifikat va esdalik sovg‘alarini topshirdilar.
Institut Xalqaro bo‘limi