Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Olmaliq o‘quv bazasidagi tantanali marosimda Kasbiy tayyorgarlik fakultetining navbatdagi tinglovchilari qasamyod qabul qildilar. Bu marosim ularning tanlagan kasbiga bo‘lgan sadoqati, Vatanga, xalqqa xizmat qilishga tayyor ekanliklarining ramziy ifodasi bo‘ldi.
Tadbirda taʼlim muassasasi rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, TDTU Olmaliq filiali hamda Olmaliq Kon metallurgiya texnikumi, ota-onalar hamda mehmonlar ishtirok etdilar. Qasamyod marosimida tinglovchilar o‘z kasbiy burchlarini sidqidildan ado etish, Vatanga va xalqqa sodiq bo‘lish, bilim va malaka olishga intilish kabi oliy qadriyatlarga sodiq qolishlarini vaʼda qildilar.
Marosim yakunida tinglovchilarga tilaklar bildirilib, ularning kelgusidagi faoliyatlarida omad va muvaffaqiyatlar tilab qolindi.
Institut Matbuot xizmati