<

Подробнее о новостях

Kasbiy madaniyati axloqiy va estetik rivojlanish omili
May 29, 2025

     Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida o‘qiyotgan ayol tinglovchilar bilan formali kiyim (ust-bosh) kiyib yurish tartib-qoidalari bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

     Tadbir davomida Institut boshlig‘ining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari – kadrlar bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik, Qodirjon Atabayev tomonidan boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik va qayta tayyorlash o‘quv kursi tinglovchi qizlariga formaning belgilangan meʼyorlarga muvofiqligi, xizmat davomida uni to‘g‘ri va estetik tarzda kiyish madaniyati, mavsumiy mosligi hamda umumiy tashqi ko‘rinishga qo‘yiladigan talablar batafsil tushuntirildi.

     Ichki ishlar organlari xodimlari, kasb madaniyati bo‘yicha yangi kodeksga muvofiq, xushmuomala, eʼtiborli, ehtiyotkor, fuqarolar va hamkasblariga nisbatan bag‘rikeng bo‘lishi, fuqarolarga qo‘pol muomalada bo‘lmasligi, shaʼni va qadr-qimmati kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini hisobga olish, ichki tartib qoidalariga, shuningdek, telefon orqali so‘zlashish madaniyatiga qatʼiy rioya qilish lozimligi yetkazildi.

     Tadbirda formali kiyimga oid amaldagi ichki tartib-qoidalar, shuningdek, intizomiy talablar yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi. Ayol tinglovchilarning fikr va takliflari ham eshitildi.

     Mazkur uchrashuv tinglovchilarning xizmat kiyimiga bo‘lgan eʼtiborini oshirish, ichki tartibni mustahkamlash va xizmatga munosib qiyofa bilan yondashish madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi.

 Institut Matbuot xizmati