O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida xodimlar o‘rtasida “mini futbol” bo‘yicha sport musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqada institutning bo‘lim va kafedralaridan tuzilgan jami 6 ta jamoa ishtirok etdi. Bahslar murosasiz va qiziqarli tarzda o‘tib, xodimlar o‘rtasida jamoaviylik va sog‘lom raqobat muhitini mustahkamladi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, faxrli birinchi o‘rinni Qo‘riqlash guruhi jamoasi egalladi. Ikkinchi o‘ringa Tashkiliy bo‘lim, Kadrlar bo‘limi va Tibbiyot xizmati xodimlaridan iborat jamoa loyiq deb topildi. Uchinchi o‘rinni esa Moliya va moddiy texnika ta’minoti boshqarmasi hamda Axborot texnologiyalari bo‘limi jamoasi qo‘lga kiritdi.
G‘olib jamoalar institut rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tadbir sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va xodimlar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qildi.
Maftuna Uzoqova,
O‘zDJTU talabasi,
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot
xizmati amaliyotchisi