O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Ta’lim muassasalari bo‘yicha bo‘limi xodimlari Vazirlik Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari va xodimlari bilan “Tartib-intizom va mas’uliyatni kuchaytirish - xizmat samaradorligining asosiy omili” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda shaxsiy tarkibga xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilishlari, ta’magirlik va poraxo‘rlik, o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan ishlarga aralashmaslik, doimiy ravishda fuqarolar va hamkasblari bilan xushmuomilada bo‘lish, ichki ishlar organlari xodimi degan sharafli nomga dog‘ tushirmaslik lozimligi to‘g‘risida ta’kidlab, o‘tgan oyda Respublika ichki ishlar organlarida xizmat qilib kelayotgan ayrim xodimlarning nojo‘ya xatti-harakatlari, mansab vakolatidan shaxsiy manfaatlarida foydalanganlik, xizmat va ijrochilik intizomini qo‘pol ravishda buzish va boshqa holatlar bo‘yicha ma’lumotlar yetkazildi.
Xizmat va ijrochilik intizomi qo‘pol ravishda buzgan yoki yuqorida ko‘rsatilgan salbiy holatlarga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan qonunlarda ko‘rsatilgan keskin choralar ko‘rilishi, kelgusida xodimlar tomonidan shu kabi salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, yo‘l-transport qoidalariga qat’iy amal qilishliklari tushuntirildi. Har qanday qonunbuzarlik va xizmat intizomi buzilishi holatlari intizomiy yig‘ilishda Kadrlar bo‘limi va Shaxsiy xavfsizlik xizmati vakillari ishtirokida muhokama qilinishi qayd etildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik Qodirjon Atabayev tomonidan bugungi kunda ichki ishlar organlari xodimlariga yaratilayotgan sharoitlar, olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xizmatlarga berilayotgan e’tibor, xodimlar bilan Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va ijtimoiy himoya yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar, yutuqlar va kamchiliklari, shuningdek, xodimlarning mashaqqatli xizmatlari, ularga hamda oila a’zolariga yaratilgan shart-sharoitlar, imtiyozlar to‘g‘risida ma’lumotlar yetkazildi.
Institut Matbuot xizmati