Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Toshkent shahar IIBB Tezkor-qidiruv xizmatlari tuzilmasidagi Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish boʻlinmalari xodimlarini malaka oshirish oʻquv kurslari bo‘lib o‘tdi.
O‘quv kursi davomida tinglovchilarga kompyuter viruslari, zararli dasturlar va ularning ishlash mexanizmini, elektron to‘lov tizimlarining imkoniyatlarini, raqamli dalillarni qonuniy yo‘l bilan to‘plash usullarini, kiberjinoyatchilar qo‘llayotgan yangi usullarni va ularni oldini olish choralarini, kripto-aktivlar bilan bog‘liq huquqbuzarlik va jinoyatlarni, axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga oid milliy qonunlar va tartiblar еtkazildi.
Shuningdek, o‘quv kursining bir qismida Turkiya milliy politsiya Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi tajribali mutaxassislari tinglovchilarga noqonuniy onlayn qimor o‘yinlarini javobgarlikka tortish hamda ularni oldini olish bo‘yicha o‘z tajribalarini еtkazdilar.
O‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.
Axborot-texnologiyalari sikli