O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida ofitserlik lavozimlariga tayinlash uchun qayta tayyorlash va boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik o‘quv kursi tinglovchilari uchun kitob yarmarkasi tashkil etildi.
Tadbir kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, shuningdek, tinglovchilarning intellektual salohiyatini oshirish maqsadida o‘tkazildi. Yarmarkada ishtirokchilar o‘zbek va jahon adabiyotining nodir namunalari, turli janrlardagi badiiy, ilmiy va uslubiy adabiyotlar bilan tanishish hamda ularni xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, tadbir doirasida soha bo‘yicha eng so‘nggi yangiliklar aks etgan nashrlar ham taqdim etildi. Tinglovchilar yangi bilimlarga ega bo‘lib, kasbiy malakalarini oshirish uchun zarur bo‘lgan adabiyotlarni qo‘lga kiritdilar.
Bu kabi tadbirlar tinglovchilarning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini kengaytirish hamda doimiy o‘qib-o‘rganish ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Maftuna Uzoqova,
O‘zDJTU talabasi,
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot
xizmati amaliyotchisi