“Cola-Cola Students Cup” musobaqasiga “Posbonlar” jamoasining g‘alabasi bilan start berildi.
“Yangi O‘zbekiston yoshlarimiz” shiori ostida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha “Cola-Cola Students Cup” musobaqasi boshlandi.
Joriy yilning 13-may kuni musobaqaning ilk uchrashuvi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida bo‘lib o‘tdi. Unda institutning “Posbonlar” futbol jamoasi hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti jamoasi o‘zaro bellashdi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahsda “Posbonlar” jamoasi irodali o‘yin namoyish etib, g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Musobaqaning asosiy maqsadi – yoshlarning sportga qiziqishini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda talaba-yoshlar o‘rtasida do‘stona muhitni mustahkamlashdan iborat.
Maftuna Uzoqova,
O‘zDJTU talabasi,
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot
xizmati amaliyotchisi