Ichki Ishlar Vazirligi Malaka oshirish institutida Maxsus kasbiy fanlar kafedrasi boshlig‘i, Siyosiy fanlar doktori, professor Farxod Xatamov hamda Jazoni ijro etish departamenti mas’ul xodimi, Uboydulla Norqulov bilan birgalikda boshlang‘ich kasbiy tayyorlash o‘quv kursining Jazoni ijro etish faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan tinglovchilarga jazoni ijro etish muassasalarining turlari, muassasalarga qabul qilish tartibi, rejim, mahkumlar bilan tarbiyaviy ijtimoiy-psixologik ishlar, ularning moddiy-maishiy va tibbiy-sanitariya ta’minoti bo‘yicha interfaol usullardan samarali foydalangan holda binar seminar mashg‘uloti o‘tkazildi va tinglovchilarni qiziqtirgan barcha savollariga batafsil javoblar berildi.
Ushbu seminardan maqsad tinglovchilarga berilayotgan nazariy bilimlarni amaliyot bilan chambarchas bog‘lashdir.
Maftuna Uzoqova,
O‘zDJTU talabasi,
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot
xizmati amaliyotchisi.