Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti delegatsiyasi Tojikistonning Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan “Huquqshunoslik ilmiva amaliyoti” mavzusidagi ilmiy-amaliy xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.
Tadbir Tojikiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi tomonidan tashkil etildi. Anjumanda Qirg‘iziston IIV Akademiyasi, Rossiya IIV Boshqaruv Akademiyasi, Ural yuridik instituti, Ufimsk yuridik instituti, Orlovsk yuridik instituti, Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining Moskva akademiyasi, shuningdek Tojikiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari ishtirok etdi.
Konferensiya huquqshunoslik fani tarixi, uning rivojlanishida o‘z hissalarini qo‘shgan olimlar, zamonaviy huquqshunoslik ilmi, huquqni qo‘llash faoliyatining dolzarb masalalari, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda huquqiy tarbiyaga salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish masalalariga bag‘ishlandi.