Yaqinda Toshkent shahrining “Universal” sport kompleksda sportning Sambo turi bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda 25 dan ziyod davlatlardan 600 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etishdi.
Musobaqada IIV Malaka oshirish instituti katta o‘qituvchisi Isroil Bo‘tayev sport ustalari o‘rtasida M-2 (40-44) yosh va 71 kg vazn toifasida faxrli ikkinchi o‘rinni egallab, kumush medal hamda kubok bilan taqdirlandi. U jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Institut sikl boshlig‘i, Xalqaro toifadagi hakam, Murodxon Turayev musobaqada “Odilona” hakamligi uchun kubok hamda medal bilan taqdirlandi.
Institut Matbuot xizmati