Respublika ishchi guruhining Qarshi shahriga biriktirilgan vakili, IIV Malaka oshirish instituti katta o‘qituvchisi Baxtiyor Musurmonov og‘ir toifaga kiritilgan “Otchopar” mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida viloyatdan biriktirilgan mutasaddilar bilan hamkorlikda “Kambag‘allikdan – farovonlik sari” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, aholi duch kelayotgan muammolar hamda ularni bartaraf etish borasida ko‘rilayotgan choralar atroflicha o‘rganildi. Jumladan, aholining bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, mehnat migratsiyasida bo‘lgan fuqarolar bilan manzilli ishlash va yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlar holati ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, tashrif davomida xonadonlardagi tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, aholi bandligini ta’minlash yo‘nalishida mahallada olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi. Bu borada mavjud kamchiliklar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.
O‘rganish davomida mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.