Bugun poytaxtimizning Bektemir tumanida 1350 dan ortiq daraxt ko‘chatlari ekilmoqda. Mazkur maydon 4 gektardan iborat bo‘lib, u yerga katalpa, safora, klon, eman va chinor kabi 10 xilga yaqin daraxt ko‘chatlari o‘tkazilmoqda.
Ekologik tadbirda qator davlat tashkiloti xodimlari bilan birgalikda Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti xodimlari va tinglovchilari ham faol ishtirok etmoqdalar.