Muzey qadimiy yodgorliklarni to‘plovchi, saqlovchi va o‘rganuvchi ma’rifiy-ma’naviy maskan. U o‘zining eksponat va ko‘rgazmalari orqali ma’naviy tarbiya vazifasini bajaradi.
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutiga navbatdagi maxsus unvon olish uchun maxsus malaka oshirish o‘quv kursi tinglovchilari Amir Temur muzeyiga tashrif buyurishdi. Muzey ekspozitsiyadagi Amir Temurning shajarasi, hokimiyat tepasiga kelishi, harbiy yurishlari, diplomatik munosabatlari, savdo-sotiq, hunarmandchilik, obodonchilik, ilm-fanni rivojlantirish va mashhur temuriy hukmdorlar haqida hikoya qiluvchi eksponatlar orqali tinglovchilar o‘zlarining bilimlarini yanada mustahkamladilar.
Shuningdek, muzeyda saqlanayotgan xaritalar, qurol-aslahalar, kumush va mis tangalar, miniatyuralar, noyob qo‘lyozmalar, kulolchilik, misgarlik, zargarlik buyumlarini ko‘rdilar.
Institut Matbuot xizmati