Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Toshkent shahar IIBB Tezkor-qidiruv xizmatlari tuzilmasidagi kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish boʻlinmalari xodimlarini kasbiy qayta tayyorlash hamda Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalari tuzilmasidagi axborot texnologiyalari sohasida jinoyatlarni oldini olish boʻlinmalari xodimlarini malaka oshirish oʻquv kurslari bo‘lib o‘tmoqda.
O‘quv kurslaridan maqsad tinglovchilarga kompyuter viruslari, zararli dasturlar va ularning ishlash mexanizmini, elektron to‘lov tizimlarining imkoniyatlarini, raqamli dalillarni qonuniy yo‘l bilan to‘plash, kiberjinoyatchilar qo‘llayotgan yangi usullar va ularni oldini olish choralarini, kriptoaktivlar bilan bog‘liq huquqbuzarlik va jinoyatlarni, axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga oid milliy qonunlar va tartiblarni o‘rgatishdan iborat.
O‘quv kurslari davomida IIV TQD Kiberxavfsizlik markazining yuqori malakali xodimlari tinglovchilarga kiberjinoyatlarni aniqlash va fosh etish bo‘yicha nazariy va amaliy tajribalarini ulashib kelishmoqda.
Institut Matbuot xizmati