Olmaliq shahridagi 19-son Ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirokida Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan “Navoiy merosi - millatimiz xazinasi” mavzusida ma’anviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Navoiy xazratlarining ijod yo‘li, asarlarining bugungi kunda tutgan o‘rni xususida Ichki ishlar organlari xodimi Farxod Axmedov va Isomiddin Nishonovlar o‘quvchilarga bir qancha qiziqarli maʼlumotlarni so‘zlab berishdi.
Tadbir davomida ijodkor o‘quvchilar tomonidan Alisher Navoiy hayoti va ijodiga to‘xtalib, mavzuga oid sahna ko‘rinishlari va raqslar ijro etildi.
Institut Matbuot xizmati