Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Olmaliq bazasida Kasbiy tayyorgarlik fakultetida tinglovchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual bellashuvi o‘tkazildi.
Intellektual o‘yinning final bosqichida “Jamoat tartibini saqlash faoliyati” yo‘nalishining “Posbonlar” jamoasi, “Yo‘l-patrul xizmati faoliyati” yo‘nalishining “Serjantlar” jamoasi va “Pasport tizimini taʼminlash faoliyati” yo‘nalishining “Yuksalish” jamoalari o‘zaro bellashdi.
Aql, tafakkur o‘yini yakuniga ko‘ra, “Serjantlar” va “Yuksalish” jamoalari birinchi o‘rinni “Posbonlar” jamoasi ikkinchi o‘rinni egalladi.
G‘olib va ishtirokchilarga sovg‘alar topshirildi.
Institut Matbuot xizmati