Poytaxtimizda joylashgan Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining boks zalida kattalar (erkaklar va ayollar) o‘rtasida boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda 350 dan ortiq bokschilar ishtirok etib, yurtimiz birinchiligi uchun keskin kurash olib bordi.
Mazkur musobaqada Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakulteti tinglovchisi, safdor Samandar Djalolov 80 kg vazn toifasida faxrli 3-o‘rinni egalladi.
Safdoshimizni yuqori natijalar bilan samimiy muborakbod etib, sportdagi kelgusi faoliyatlarida zafarlar tilaymiz!
Institut Matbuot xizmati