Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Olmaliq shahar o‘quv bazasidagi Kasbiy tayyorgarlik fakultetida “Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish faoliyati” yo‘nalishida tahsil olayotgan tinglovchilari bilan “Balandlik tayyorgarligi” modulidan “Balandlikka chiqish va tushish texnikasi” mavzusida amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida maxsus operatsiyalarni amalga oshiruvchi safarbar otryadlardagi xodimlar uchun zarur bo‘lgan tayyorgarlikni ta’minlash, xususan balandliklarda maxsus operativ vazifalarni bajarishda yuqori darajadagi jangovar tayyorgarlikka ega bo‘lishi, balandlikka chiqish va tushish texnikasi, balandlikda qurol va maxsus vositalar bilan harakatlanish va qutqaruv ishlarini olib borish texnikasi va taktikasi o‘rgatildi.