Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti majlislar zalida institut Ilmiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uni institut boshlig‘i, Ilmiy kengashi raisi t.f.n., dotsent, polkovnik Olimjon Axmedov olib bordi. Yig‘ilishda Ilmiy kengash a’zolari, professor-o‘qituvchilar hamda ilmiy xodimlar ishtirok etdi.
Ilmiy kengash yig‘ilishida Insitutda 2024 yil davomida amalga oshirilgan ishlar hamda mavjud muammoli masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Tanqidiy ruhda o‘tgan majlis yakuniga ko‘ra sifatli ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, o‘quv jarayoniga malakali amaliyotchi mutaxassislarni keng jalb qilish hamda professor-o‘qituvchilar tomonidan taqdim etilgan o‘quv-uslubiy majmualar va o‘quv qo‘llanmalar bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.
Institut Matbuot xizmati