Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti va “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati bilan tasdiqlangan qo‘shma «Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati xodimlarini tayyorlov kursi bo‘yicha» o‘quv dasturi asosida Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati xodimlari uchun navbatdagi tayyorlov kursi yakunlandi.
Ularga “Jangovar tayyorgarlik”, “Kasbiy tayyorgarlik”, “Huquqiy tayyorgarlik”, “Ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik” hamda “Tibbiy tayyorgarlik” modullaridan mashg‘ulotlar olib borildi.
O‘quv kursi yakunida idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati xodimlari bilan yakuniy sinov imtihoni o‘tkazildi hamda belgilangan namunadagi sertifikatlar topshirildi.
Institut Matbuot xizmati