Bugun Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlashga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda so‘zga chiqqan vazirlik Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Ta’lim muassasalari bo‘yicha bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan Institutda malaka oshirayotgan tuman (shahar) ichki ishlar organlari Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi boshliqlariga xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilishlari, ta’magirlik va poraxo‘rlik, o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan ishlarga aralashmaslik, doimiy ravishda fuqarolar va hamkasblari bilan xushmuomalada bo‘lish, ichki ishlar organlari xodimi degan sharafli nomga dog‘ tushirmaslik lozimligi yetkazildi.
Ayrim xodimlarning nojo‘ya xatti-harakatlari, mansab vakolatidan shaxsiy manfaatlarida foydalanganlik, xizmat va ijrochilik intizomini qo‘pol ravishda buzish va boshqa holatlar bo‘yicha ma’lumotlar yetkazildi. Kelgusida xodimlar tomonidan shu kabi salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, yo‘l-transport qoidalariga qat’iy amal qilishliklari tushuntirildi.
Shuningdek, tadbirda “Nafsning so‘nggi manzili” nomli film namoyish etildi.
Institut Matbuot xizmati