Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik o‘quv kursi tinglovchilari o‘rtasida “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan sportning “Voleybol” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Unda jami 5 ta jamoalar ishtirok etdi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda 3-o‘rinni 5-guruh tinglovchilari “Burgutlar” jamoasi, 2-o‘rinni 1-guruh tinglovchilari “Lochinlar” jamoasi va faxrli 1-o‘rinni 3-guruh tinglovchilari “Temurbek”lar jamoasi egalladilar.
Musobaqa yakuniga ko‘ra faxrli o‘rinni egallagan jamoalar diplom va medallar bilan taqdirlandilar.
Institut Matbuot xizmati