Keyingi yillarda harbiylar orasida ham ayollar safi kengayib boryapti. Vatanni himoya qilishda ular erkaklardan qolishmaydi. Ayol kishi uchun harbiy bo‘lish osonmas, ammo faxrli. Ayniqsa, dala o‘quv-mashg‘ulotlarida qatnashish o‘zgacha zavq bag‘ishlaydi.
IIV Malaka oshirish instituti katta o‘qituvchisi, podpolkovnik Zuhra Alimova xizmat faoliyati haqida so‘zlab berar ekan, ayol kishining harbiy sohada faoliyat yuritishida ham oilada, ham ishxonada hamkasblar, ustozlarning qo‘llab-quvvatlashi muhim ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
M.Turdaliyeva, N. Abduvoitov (video), O‘zA