O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 04-noyabrdagi “O‘q otish sport turlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash hamda “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan, Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti
katta o‘qituvchilari Jaloliddin Djumabayev va Baxtiyor Umurzoqov ishtirokida Toshkent viloyati, Parkent tumanidagi 57-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 9-11-sinf o‘quvchilariga “7.62 mmli Kalashnikov avtomati va 9 mm li Makarov pistoletining ko‘llanilish maqsadi va jangovar xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
O‘quv mashg‘ulotida o‘quvchilarga Kalashnikov avtomati va Makarov pistoletining jangovar xususiyatlari, asosiy qism va mexanizmlari, pistoletni to‘liqsiz qismlarga ajratish va qayta yig‘ish tartibi to‘liq tushuntirildi.
Shuningdek kelgusida shu kabi ko‘rgazmali o‘quv mashg‘ulotlarini hamkorlikda, muntazam ravishda o‘tkazishga kelishib olindi.
Institut Matbuot xizmati