Vatan himoyachisi degani, eng sharafli va oliy kasb ekanligini yaxshi bilgan yigitlarimiz har tomonlama, jismoniy va ma’naviy jihatlardan loyiq bo‘lishlikni yaxshi anglaydilar va shu sifat va xislatlarni egallashga harakat qiladilar, zero ular Vatan himoyasi xayot-mamot masalasi ekanini, ularning turish-turmushi, el-yurt taqdiri shu nuqtada tutashishini anglab yetganlar. Ular avvalo o‘z ota-onalarini, aka-ukalarini, opa-singillarini himoya qiladilar. O‘zlari tug‘ilgan shahar, qishloqlarni, qavmu-qarindoshlari, bir so‘z bilan aytganda Ona-Vatanni qo‘riqlamoqdalar.
Vatan himoyachisi bo‘lish sharafli burchdir. Kindik qoni to‘kilgan vatanni, shu mustaqil yurtni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash inson uchun go‘yo o‘z oilasini, sha’nini, nomusini, imon-e’tiqodini himoya qilish kabidir.
M.Turdaliyeva, N. Abduvoitov,O‘zA