Jamiyatda sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish, ichki ishlar organlari xodimlarining jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish, hamda “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan, sportning “Armrestling” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Mazkur musobaqada IIV Malaka oshirish instituti doimiy shaxsiy tarkibidan 40 yoshgacha va 40 yoshdan yuqori bo‘lgan 48 nafar ishtirokchi qatnashishdi.
Bellashuvda, 40 yoshgacha bo‘lgan xodimlardan 70 kg vazn toifasida 3-o‘rinni kapitan Zoxidjon Abdullayev, 2-o‘rinni safdor Umid Salimov, 1-o‘rinni mayor Isroil Butayev egalladi.
Musobaqa shartlariga ko‘ra, turli yosh va vazn toifasida munosib ishtirok etgan xodimlar munosib taqdirlanishdi.
Shu bilan birga, Transport ta’minoti guruhi haydovchisi, safdor Islombek Hakimjonov musobaqaning mutloq g‘olibi deb topildi.