<

Подробнее о новостях

“Mini futbol” sport turi buyicha “Institut boshlig‘i kubogi” musobaqasi o‘tkazildi
Jan. 14, 2025

     “14-yanvar Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Olmaliq shahridagi Malaka oshirish instituti kasbiy tayyorgarlik fakulteti tinglovchilari, Islom Karimov nomidagi Davlat texnika universiteti talabalariOlmaliq Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi, Olmaliq arxitektura-qurilish texnikumi va Olmaliq Kon-metallurgiya kolleji  o‘quvchilari o‘rtasida sportning “Minni futbol”  turi bo‘yicha “Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti boshlig‘i kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

      Mazkur musobaqada 5 ta jamoa ishtirok etishdi.

    Murosasiz va qizg‘in bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko‘ra, uchinchi o‘rinni Olmaliq Kon-metallurgiya kollejining “Metallurg”  jamoasi, ikkinchi o‘rinni Islom Karimov nomidagi Davlat texnika universitetining Texnika jamoasi va faxrli birinchi o‘rinni Institut kasbiy tayyorgarlik fakultetining Vatanparvarlar jamoasi qo‘lga kiritdi.

    Shuningdek, nominatsiyalar bo‘yicha musobaqaning “Eng yaxshi hujumchi” nominatsiyasiga I.Karimov nomidagi Davlat texnika Universiteti talabasi Shoxjaxon Abdulxayev, “Eng yaxshi darvozabon” nominatsiyasiga Institut KTF tinglovchisi, safdor Jumanazar Xudoyqulov sazovar bo‘ldilar.

    Barcha g‘olib va sovrindorlarga Institut boshlig‘ining kubogi, medallar va diplomlar hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

      Institut tinglovchilaridan tashkil topgan maxsus guruh qo‘l jangi usullari bilan ko‘rgazmali chiqishni namoyon etishdi.

 

Institut Matbuot xizmati