Ustoz-shogird an’analarini uyg‘unlashtirish, keksalarning boy tajribasini yosh avlodga ulashish maqsadida hamda “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” va Qurolli kuchlarimiz tashkil topganligining 33 yilligi bayrami munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik o‘quv kursida tahsil olayotgan tinglovchilar bilan iste’fodagi polkovnik Baxromqul O‘ljabayev, iste’fodagi mayor Ismoil Zokirov va iste’fodagi podpolkovnik Ziyodulla Xayruddinovlar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda faxriylarimiz hayoti va mehnat faoliyati davomida to‘plagan boy tajribasi, yoshlik davridagi o‘ziga xos qiyinchiliklar, mehnat pallasidagi mashaqqatlar, nihoyat bugungi kunda ko‘rsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida o‘z dil so‘zlarini, samimiy fikrlarini bildirdi. El-yurt ravnaqi yo‘lida mamlakatimiz rahbariga yaqin ko‘makchi, kamarbasta bo‘lish lozimligi uch avlodga mansub yurtdoshlarimiz o‘rtasida kechgan samimiy suhbatlar bosh mavzusiga aylandi.
Institut Matbuot xizmati