Muzeylar o‘tmish bilan bugunni bog‘lab turuvchi maskan. Muzeylarda saqlanayotgan noyob eksponatlar orqali yosh avlodda milliy va umuminsoniy qadriyatlar, bebaho tarixiy va madaniy merosga hurmat, g‘urur va iftixor, Vatanga sadoqat hamda muhabbat tuyg‘ularini tarbiyalash va kuchaytirish muhim ahamiyatga ega.
Vazirlik Malaka oshirish instituti tinglovchilari Qurolli Kuchlar davlat muzeyiga tashrif buyurdi. O‘zbekiston hududida mavjud bo‘lgan qadimiy mudofaa qal’alar maketlari, qadimdan to bugungi kunga qadar mamlakat hududida yashab kelgan odamlar, ularning turmush tarzi, ayniqsa, ilk tosh davridan Markaziy Osiyo hududida qo‘llanilgan qurollar va muhofazaga taaluqli bo‘lgan ma’lumot va eksponatlar bilan tanishdilar.
Institut Matbuot xizmati