G‘alaba bog‘iga sayohat
Jan. 13, 2025
Yuksak insoniy fazilatlarini namoyon etish hamda yosh avlodni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda tarixiy obidalar, muzey va teatrlarning o‘rni beqiyosdir.
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakulteti tinglovchilari “14- yanvar Vatan himoyachilari kuni” bayrami munosabati bilan poytaxtimizning Olmazor tumanidagi G‘alaba bog‘ida sayohat uyushtirilib, 2-jahon urushi haqida hikoya qiluvchi materiallar bilan tanishib, vatan himoyasi haqidagi tasavvurlarini boyitdilar.
Bog‘da aks etgan urush va uning oqibatlari, urush davri manzaralari, jumladan, okop va blindajlar, palatkalar, dala oshxonalari, o‘sha davrdagi harbiy texnika va qurol-yarog‘lar, O‘zbekiston xalqining front va front ortida ko‘rsatgan jasorati, mashaqqatli mehnati ifodalangan lavhalar bilan tanishdilar.
Majmua bo‘ylab sayohat tinglovchilarga bugungi tinchlik-osoyishtalik, farovon hayot qanchalik bebaho ne’matligi, uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash lozimligi hamda vatan sarhadlarini qo‘riqlash sharafli va mashaqqatli vazifa ekanini anglatdi.
Institut Matbuot xizmati