Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida malaka oshirayotgan Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi boshliqlariga Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari, polkovnik Umida Abdullayeva va Maxsus-kasbiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi, podpolkovnik Zuhra Aliyevalar “Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar, zo‘ravonlik sodir etgan shaxslar bilan o‘tkazilayotgan profilaktik ishlar haqida”gi mavzu yuzasidan master-klass mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida mavzuga oid qonunchilik hujjatlari hamda respublikamizda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarni huquqiy, ijtimoiy, tibbiy, psixologik qo‘llab-quvvatlash maqsadida hamkor tashkilotlar bilan amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil tushuntirildi.
Shuningdek, 2024-yilning 24-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oila va qizlar ko‘mitasi hamda Ichki ishlar vazirligi tomonidan “Tazyiq va zo‘ravonlik holatida idoralararo ishlash tizimini tashkil etish sxemasi”da belgilangan ishlar yuzasidan zaruriy ma’lumotlar tinglovchilar e’tiboriga yetkazildi.
Mashg‘ulot yakunida tinglovchilar amaliyotda mazkur yo‘nalishda yuzaga kelayotgan muammoli holatlar bilan bog‘liq savollar, ularni qonuniy yechimlari haqida tegishli javoblar olishdi.