Kitob-qalb gavhari
Jan. 8, 2025
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida tinglovchilarning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida “Kitob – qalb gavhari, tafakkur qanoti” shiori ostida kitob yarmarkasi tashkil etildi.
Yarmarkada yetakchi nashriyotlarning 70 dan ortiq nomdagi badiiy nashrlari savdo rastalaridan joy oldi.
Buyuk bobokalonimiz Amir Temur hayoti va faoliyati haqidagi kitoblar, taniqli adiblarimiz Abdulla Qodiriy, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, O‘tkir Hoshimov, Muhammad Yusuf, Tohir Malikning asarlari va boshqa adabiyotlar tinglovchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Kitobsevarlar o‘zlarini qiziqtirgan o‘zbek va jahon adabiyotining nodir asarlarini xarid qilishdi.
Kitob yarmarkasini o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad xodimlarning ongi va tafakkurini yanada oshirishga xizmat qiladi – deydi Kadrlar bo‘limi katta inspektori, katta leytenant Baxtiyor Karimov. Xodimlar nafaqat o‘zlari uchun, balki oila a’zolari uchun ham adabiyotlar xarid qilishmoqda.
Institut Matbuot xizmati