Joriy yilning 6-yanvar kuni Toshkent shahar Yashnabod Bolalar-o‘smirlar sport maktabida sportning “Sambo” turi bo‘yicha Toshkent shahar musobaqasi o‘tkazildi.
Tadbirda 150 nafardan ortiq sportchilar bilan bir qatorda Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakulteti tinglovchilari jamoasi ham munosib ishtirok etdi.
Musobaqada 79 kg vazn toifasida 1-o‘rinni 8-guruh tinglovchisi safdor Akbar O‘ralov, 64 kg vazn toifasida 2-o‘rinni 9-guruh tinglovchisi safdor To‘lqinjon Baxranov, 71 kg vazn toifasida 2-o‘rinni 8-guruh tinglovchisi safdor Dilshod Qobilov, 88 kg vazn toifasida 3-o‘rinni 8-guruh tinglovchisi safdor Farrux Xoliqov, 88 kg vazn toifasida 3-o‘rinni 8-guruh tinglovchisi safdor Otabek Jovliev va 98 kg vazn toifasida 3-o‘rinni 8-guruh tinglovchisi safdor Bexzod Ashurovlar g‘olib bo‘ldi hamda respublika chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.