<

Подробнее о новостях

Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash – dolzarb vazifa
Jan. 7, 2025

      Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo’linmalari boshliqlarining kasbiy bilim va ko’nikmalari oshirilmoqda.

        Maxsus-kasbiy fanlar kafedrasi katta o’qituvchisi, podpolkovnik Zuxra Aliyeva va Vazirlik JXD HPX Ishonch markazi boshlig‘i, podpolkovnik Nazokat Tadjiyeva bilan birgalikda “Ishonch markazi”ga kelib tushayotgan murojaatlarni o’rganish va hal yetish faoliyati” nomli mavzu bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-oktabrdagi “Zo’rlik ishlatishdan jabr ko’rgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o’z joniga qasd qilishning oldini olish borasidagi ishlarni takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g‘risida”gi Qaroriga muvofiq hamda tazyiq va zo’ravonlikdan jabr ko’rgan xotin-qizlar murojaatlarini tezkor qabul qilish va ko’rib chiqish orqali fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida tashkil etilgan “Ishonch markazi” faoliyati, markazning asosiy vazifalari va funksiyalari, Markaz faoliyatini tahlil qilish, ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo’yicha hisobotlar va boshqa vazifalari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

       Mashg‘ulotda N.Tadjiyeva va Z.Aliyevalar tinglovchilarga “Ishonch markazi” faoliyatini to’liq yoritib berishda mavjud “12-59” raqami yoki “@Huquqiy-komak.bot” telegramm-bot hamda HPB xodimlari tomonidan “12-86” yoki “@inspektorga_maslahat.bot” telegramm-bot orqali yo’llangan xabarlarni yuborish, ularni qabul qilishda markaz ma’sul xodimlarini ye’tibor berish kerak bo’lgan asosiy jihatlari xususida hamda mazkur markazning ko’ng‘iroq raqamlar to’g‘risidagi tarqatma bukletlardan foydalangan holda master klass shaklida  zaruriy tushuntirishlar berildi.

        Mashg‘ulot yakunida tinglovchilar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishib, o’z bilim va ko’nikmalarini zaruriy ma’lumotlar bilan to’ldirdilar.

 

Institut Matbuot xizmati